28-avgust kuni Rostov-Dondagi dam olish bazalaridan biridagi daryo qirg‘og‘ida cho‘milayotgan ikki nafar to‘qqiz yoshli egizaklar cho‘kib ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Hodisa Rostov-Dondagi ‘Leberdon’ dam olish bazasi sohilida sodir bo‘ldi. Ikki nafar egizaklar cho‘milayotganida cho‘kib ketdi. Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv xizmati xodimlari, shuningdek, Rossiya FVV mutaxassislari yo‘lantirildi. Egizaklarning jasadi Moskva vaqti bilan 18:10 da daryo sathiga olib chiqildi”, – deyiladi xabarda.
Rostov-Don bo‘yicha FVV bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)