Kuvayt hukumati milliy olimpiya qo‘mitasi va futbol federatsiyasi rahbariyatini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
2015-yil oktabrida Kuvayt milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq hukumatning qo‘mita ishiga aralashuvi bois Olimpiya o‘yinlaridan diskvalifikatsiya qilingan edi. Kuvayt terma jamoasi 2016-yilgi Olimpiadada ishtirok etmadi. Shuningdek, Kuvayt 15 xalqaro federatsiya shafeligidagi har qanday sport musobaqalaridan chetlashtirildi.
O‘z navbatida, 2015-yil oktabrida FIFA mamlakat futbol uyushmasini diskvalifikatsiya qilgan edi. Bunga yuqorida ko‘rsatilgan omillar sabab bo‘ldi.
Izoh (0)