Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi, deb yozdi “Championat.asia”.
So‘nggi bor milliy terma jamoa 2015-yilning 11-iyun sanasida Eronga qarshi uy o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lib, shundan keyin bo‘lib o‘tgan olti uy uchrashuvida raqiblarini mag‘lub etdi.
Olti uchrashuvning 4 tasi JCh—2018 saralashining 2-bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaman (1:0), KXDR (3:1), Filippin (1:0) va Bahrayn (1:0) termalarini mag‘lub etgan.
Yana ikki uchrashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lib o‘tdi. Avvaliga Iroq (2:1), keyin esa Burkina-Faso (1:0) terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonildi.
Izoh (0)