O‘zbekiston milliy terma jamoasida eng ko‘p — 119 ta o‘yinda maydonga tushgan va keyinchalik bosh jamoadagi faoliyatiga yakun yasagan 35 yoshli Timur Kapadze Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalidan joy olgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti OChL chorak finalidan joy olgan “Al-Ayn” — “Lokomotiv” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb aynan Kapadze topilgani haqida xabar berdi va uchrashuv qaydnomasiga ham uning suratini joylashtirdi.
Timur Kapadze OChLning ketma-ket to‘qqiz uchrashuvida mag‘lubiyatga uchramagan “Lokomotiv”ni sardor sifatida maydonga boshlab tushmoqda.
Izoh (0)