Yaman hukumati isyonchi xusiylar nazorati ostida bo‘lgan mamlakat poytaxtida joylashgan Markaziy bank bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda 19-avgust, juma kuni bosh vazir Ahmad Ubeyd bin Dagr ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Xusiylar tomonidan Markaziy bank direktorlar kengashi a’zolarini lavozimidan bo‘shatib, boshqalarni tayinlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar konstitutsiya va boshqa qonunlarga ziddir. Faqat respublika rahbari Markaziy bank rahbari yoki kengashi a’zolarini almashtirish huquqiga ega”, — dedi bosh vazir.
“Xusiylarning bu ishi mas’uliyatsiz siyosiy qadam bo‘lib, ular shu tariqa mamlakatning moliya va bank tizimini ko‘proq nazorat qilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Dagr.
Yaman Markaziy banki ham qonuniy hukumat, ham isyonchilar bilan hamkorlik qilgan yagona davlat tizimi edi.
Izoh (0)