Rossiya tennis federatsiyasi prezidenti Shamil Tarpishchev antidoping qoidalarini buzganligi uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilingan Mariya Sharapova 2017-yilning yanvar oyida kortga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
“Sentabr oyida barchasi ma’lum bo‘ladi. Aniq aytish qiyin, ammo 2017-yilning yanvaridan u o‘ynashi mumkin deb o‘ylayman”, – dedi Tarpishchev.
Iyun oyida Mariya Sharapova Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) mustaqil tribunalining meldoniy qabul qilgani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilingani qaroriga Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS)ga apellyatsiya bergandi. Tennischining apellyatsiya jarayoniga yaqin bo‘lgan manbaning ta’kidlashicha, CAS rossiyalik sportchining diskvalifikatsiyasini bir yilga qisqartirishi mumkin.
Xabarda qayd etilishicha, CAS Mariya Sharapovaning ishini sentabr oyida, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)