Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 18-turi Toshkent shahri klublari uchun omadsiz keldi.
Turni “Obod” “Nasaf”dan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyat bilan boshlab bergan bo‘lsa, ertasi kuni “Paxtakor” o‘z maydonida “Buxoro”ni mag‘lub eta olmagandi.
14-avgust kuni chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari ham 2 ochkodan yo‘qotdi. “Qaldirg‘ochlar” Muborakda “Mash’al” bilan, “temiryo‘lchilar” esa Farg‘onada “Neftchi” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
18-turning so‘nggi o‘yinida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi “Navbahor” ustidan zafar quchdi — 2:1.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 18-tur bellashuvlari 14-avgust, yakshanba
Izoh (0)