Suzuvchi erkaklardan tashkil topgan AQSh terma jamoasi 4x100 estafeta musobaqasida finishga birinchi bo‘lib yetib keldi, deb xabar berdi “Interfaks”.
AQSh terma jamoasi bunda 3 daqiqa-yu 27,95 soniyalik natija ko‘rsatib, Olimpiadaning yangi rekordini o‘rnatdi. Jamoa safida Maykl Felps, Rayan Merfi, Kodi Miller va Natan Adrian kabi sportchilar bor edi.
Buyuk Britaniya sportchilariga ikkinchi pog‘ona, Avstraliyaga esa uchinchi bo‘lish nasib qildi. Rossiya terma jamoasi peshqadamdan 3,35 soniyalik vaqt bilan ortda qolib, to‘rtlikdan joy oldi.
Shu bilan Rio—2016 Olimpiadasining erkaklar o‘rtasidagi estafeta musobaqalari yakuniga yetdi. Maykl Felps bunda 23 karra Olimpiada chempioniga aylanib olishga ulgurdi.
Izoh (0)