Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida jangarilarning hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jabrlandi. Bu haqda Hindustan Times gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, noma’lum shaxslar diniy yig‘ilish o‘tayotgan binoni o‘qqa tutgan. Politsiyaning taxminiga ko‘ra, bosqinchilar “Assamni ozod qilish milliy fronti” harakatiga tegishli bo‘lgan.
Avvalroq, 5-avgust kuni jangarilar Kokrajxar shahridagi bozorni o‘qqa tutganda 14 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)