AQShning Minnesota shtati Minneapolis shahar sudi joriy yilning aprel oyida olamdan o‘tgan xonanda va bastakor Prinsga tegishli ko‘chmas mulkning bir qismini sotishga ruxsat berdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishcha, sudya Kevin Eyd Prinsning mol-mulkini vaqtinchalik boshqargan Bremer Trust trast kompaniyasining so‘rovini ma’qullab, ushbu mol-mulkning bir qismini sotuvga qo‘yishga ruxsat berdi. Bular qatorida, xususan, Karib havzasidagi Terks va Kaykos orollarida joylashgan, 12 million dollarga baholanayotgan villa hamda 22 million dollarlik biznes-ofis ham bor. Xonandaning ona shahri bo‘lmish Shanxassenda (Minnesota shtati) joylashgan yer uchastkasi esa 14 million dollarga baholanmoqda.
Prinsning Minneapolisda joylashgan uyi va Shanxassendagi ovoz yozish studiyasi sotuvga qo‘yilmaydi.
Izoh (0)