5-avgust, juma kuni Ispaniya politsiyasi Barselonada “Pushti rang pantera” jinoiy to‘dasining a’zolari deb taxmin qilinayotgan besh kishini qo‘lga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Talonchilar Barselonaning Paseo de Grasiya shoh ko‘chasidagi zargarlik do‘koniga hujum qilganida Kataloniya politsiyasining maxsus mo‘ljal brigadasi pistirmada edi. Jinoyatchilardan birida to‘pponcha bor edi.
Operatsiya Ispaniya, Germaniya va Serbiya politsiyasi bo‘linmalari jalb qilingan keng miqyosli tergov ishining bir qismi bo‘ldi.
“Pushti rang pantera” to‘dasi 2003-yilda Londonda sodir etgan talonchilikdan so‘ng bu nomni oldi — o‘shanda o‘g‘ri olmosni kosmetik krem idishida yashirgan edi. Bu voqea mashhur “Pushti rang pantera” filmidagi sahnaga o‘xshatildi.
Interpolning ma’lumotlariga qaraganda, 1999–2015-yillar orasida guruh jami 380 qurolli talonchilik hujumlarini amalga oshirib, umumiy qiymati 334 million yevroga teng zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan.
Izoh (0)