4-avgust kuni Argentina shimolida 6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, AQSh geologik xizmati xabariga asoslanib, “TASS” ma’lum qildi.
Yer silkinishlari epitsentri Boliviya chegarasidan 50 kilometr shimolda, Abra Pampa shahridan 48 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan edi. Zilzila o‘chog‘i 258 kilometr chuqurlikda.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)