Ishga qahramonlarcha yondashuv
Yovvoyi tabiat fotosuratchisi Deyzi Jilardini Kanadada o‘ziga xos hodisa — oq ayiqlar to‘rt oylik bolalari bilan birinchi marta yorug‘ olamga chiqadigan lahzani kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. “Fotoov” uchun u Vapusk milliy bog‘ida o‘rtacha 50 daraja sovuq ob-havo sharoitida 13 kecha-kunduz kutdi.Ajoyib kadrlar uchun uzoq sayohat
Professional fotosuratchi Yoxan Lolos bir necha yil avval ona yurtini tark etib, dunyo bo‘ylab sayohat qildi va eng go‘zal narsalarni kadrga muhrlab ketaverdi.Takrorlanmas kayfiyatga ega ertaknamo go‘zal suratlar
Aida Paskual o‘zi qo‘llaydigan obrazlar va urg‘ular yordamida o‘ziga xos melanxolik kayfiyatni ulasha oladi.Romantikaga to‘la “100 ta bo‘sa” loyihasi
Argentinalik fotosuratchi Ignasio Lemann o‘z hissiyotlarini bo‘sa orqali ifoda etishga jazm qilgan kishilarning tasodifiy suratlarini to‘pladi.Sony World Photography Awards 2016
“Sehrli bambuk o‘rmoni” nomli asari uchun yaponiyalik Key Nomiyama Sony World Photography Awards tanlovida “Yil fotosuratchisi” nomiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu tanlovning o‘smirlar o‘rtasidagi yo‘nalishida AQShlik havaskor fotosuratchi Sem Delaver g‘olib bo‘ldi.Smithsonian Photo Contest 2016
Smithsonian jurnali tomonidan tashkil qilingan xalqaro tanlovda Albert Ivan Damanik olgan fotosurat bosh g‘olibga aylandi. Uning asarida Malayziyaning Sumatra orolidagi Sinabung tog‘i yonbag‘irlari manzarasi aks etgan.
Tanlovning boshqa yo‘nalishdagi g‘olibi Elis van Lempen bo‘lib, u Yevropaning tashlandiq nuqtalarini sevimli iti bilan kashf qilishni yoqtiradi.HIPA 2016
Fransisko Negroni Rodriges Chilidagi Kalbuko vulqoni otilgan vaqtda chaqnagan yashinni kadrga muhrladi, u HIPA 2016 xalqaro tanlovida unga birinchi o‘rinni keltirdi.National Geographic Travel Photography 2016
Bu tulkichalar Xokkaydo orolida yaponiyalik Xiroki Inoue tomonidan suratga tushirilgan. U tanlovning “Tabiat” yo‘nalishida birinchi o‘ringa loyiq deb topildi.
Marokashdagi madrasaning suvdagi aksi muhrlangan surat esa (Takashi Nakagava) “Shaharlar” yo‘nalishida g‘olib chiqdi.
Tanlov Gran-prisini xitoylik havaskor fotosuratchi Entoni Lau qo‘lga kiritdi. Uning asarida mo‘g‘ulistonlik chavandoz muhrlangan.
Izoh (0)