Olimpiya o‘yinlarida ham sportchi, ham murabbiy sifatida ishtirok etish faqatgina bir nafar inson — Forbs Karlaylga nasib qilgandi. Associated Press’ning ma’lum qilishicha, Karlayl o‘zining 95 yoshida hayot bilan vidolashgan.
“TASS” Forbs Karlaylni muxlislar birinchi navbatda ajoyib mutaxassis sifatida eslashini qayd etib o‘tdi. Uning shogirdlari turli yillarda Olimpiada o‘yinlarining suzish bo‘yicha 12 ta oltin medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
1948-yil Karlayl Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgandi. Oradan to‘rt yil o‘tib esa zamonaviy beshkurash bellashuvlarida o‘zi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Forbs Karlaylga XXXI yozgi olimpiya o‘yinlarini ko‘rish nasib qilmadi.
Izoh (0)