Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish, jumladan, iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejasi borligini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Barchasi reja bo‘yicha borsa, 9-avgust kuni Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boraman. Men bilan birga hukumat delegatsiyasi ham bo‘ladi. Biz yana iqtisodiy munosabatlarni muhokama qilamiz. Bizning tomonimizdan hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi”, — dedi u 2-avgust, seshanba kuni Anqarada qilgan chiqishida.
U Rossiyaning sanksiyalariga javoban Turkiya juda yengil choralar ko‘rganini eslatib o‘tdi.