Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘llanma olgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi 2016-yilgi davralar oralig‘ida ikki nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Klub matbuot xizmati ertaga — 2-avgust kuni futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazadi.
Osiyo Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra, unda ishtirok etayotgan klublar 3+1 ko‘rinishida legioner futbolchilarni musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tkaza oladi. “Lokomotiv” turnir chorak finaliga ikki nafar legioner — gruziyalik Kaxi Maxaradze hamda serbiyalik Nemanya Yanichich bilan yetib keldi.
Ikkinchi davradan boshlab “temiryo‘lchilar” 3+1 ko‘rinishidan maksimum foydalanayotgan klublar qatoriga qo‘shildi. Shartnoma imzolagan futbolchilardan biri chernogoriyalik Slaven Stepanovich, ikkinchisi turkmanistonlik Artur Gevorkyan.
Klub o‘z oldiga Osiyo Chempionlar Ligasida zafar quchishni maqsad etib qo‘ygani haqida xabar bergan. “Lokomotiv”, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Ligasida peshqadam bo‘lib turibdi, O‘zbekiston Kubogi bellashuvlarida esa yarim finalga qadar yetib keldi. Jamoa bir mavsumning o‘zida har uchala turnirda zafar quchmoqchi.
Izoh (0)