Pokistonning Sind viloyati xavfsizlik kuchlarining blokpostida kuchli portlash sodir etildi. Hukumatga yon bosuvchi jangovar guruhning bir askari halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi. Bu haqda, “Sinxua”ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya voqea joyini o‘rab oldi. Xavfsizlik kuchlarining to‘rt jangchisi va sakkiz nafar tinch fuqaro shifoxonaga yetkazildi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, jinoyatchilar portlovchi uskunani velosipedga mustahkamlab, uni blokpost yaqinida qoldirgan. Ikki gumondor shaxs allaqachon qo‘lga olindi.
Izoh (0)