Kanadalik xonanda Jastin Biber Respublikachilar partiyasining Klivlendda milliy syezdda chiqish qilib, qo‘shiq kuylash haqidagi taklifini rad etdi. U taklif qilingan 5 million dollar gonorardan voz kechdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Dastavval 22 yoshli san’atkor taklifni jiddiy ko‘rib chiqayotgan edi, ammo uning menejeri, Hillari Klintonning ashaddiy tarafdori bo‘lgan Skuter Braun bu holda ishdan ketishini ma’lum qildi.
5 million dollar evaziga Biber 45 daqiqa davomida sahnada turishi, ya’ni har daqiqa uchun 110 ming dollardan olishi mumkin edi.
Izoh (0)