• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Yigitali Mamajonov: Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot

    Yigitali Mamajonov haqiqatan ham juda ko‘p gonorar so‘raydimi? Qaysi o‘zbek rejissyorlarining filmlarida suratga tushishni xohlaydi? Qaysi aktrisa bilan hamkorlik qilish Yigitali uchun qulay? Jurnalist Feruz Muhammad aktyor Yigitali Mamajonovning hali sizga ma’lum bo‘lmagan fikrlari, hayotiy qarashlari haqida suhbat uyushtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Jurnalistlar tomonidan sizga berilaverib joningizga tegib ketgan savol qaysi?— San’atga qanday qilib kirib kelgansiz, degan qolip savol bor. So‘nggi vaqtlarda eng jonga tekkan savol: “Nimaga ajrashib ketdingiz?”. Birinchidan, bu shaxsiy hayot. Ba’zilar: “Biz muxlismiz, mashhurlarning shaxsiy hayotini bilishga haqqimiz bor”, deyishadi. Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot. Siz san’atga qanday kirib kelganimizni, ijodimizni bilishingiz, buni tanqid qilishingiz mumkin. Muxlislarning hayotimizga aralashishlarining iloji ham, haq-huquqlari ham yo‘q, shunday ekan, shaxsiy hayotimiz haqida ham bilishlariga haqlari yo‘q.

    — Bolalarim bilan haftada bir ko‘rishamiz, deb intervyu bergan ekansiz. Bolalaringiz bilan ko‘rishgan vaqtda, xohlaysizmi-yo‘qmi, turmush o‘rtog‘ingiz — xonanda Rayhon bilan ham ko‘rishasiz. Shu vaqtda munosabatingiz, suhbatingiz qanday bo‘ladi. O‘rtangizda hech bo‘lmasa do‘stlik rishtalari saqlanib qolgandir?— Bilasizmi, men biror insonga nisbatan gina saqlab yurmayman, yaxshi muomala qilaman, yomon muomalada bo‘la olmayman. Balki, Rayhon oilamiz saqlanib qolishini, tiklanishini juda xohlayotgandir, ammo men xohlamayapman. Chunki buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, Siz daraxt ekib kelayapsiz-da, kimdir boshqa tomondan kelib, uni yulib ketaversa, qanday qilib bog‘ barpo bo‘lishi mumkin? Yoki Siz daraxt ekayapsiz, kimdir unga suv quyib turmasa, hatto harakat ham qilmasa, u bog‘ ko‘karmaydi, yashnamaydi. Bunday bog‘ yaratgandan, yaratmagan yaxshiroq, deb o‘ylab qoldim.

    — Sizning gaplaringizdan oilangiz qachondir baribir tiklansa kerak, deb o‘ylayapman. Bu hodisa ayni kunlarda bo‘lmasligi mumkin, ehtimol ikki-uch yil o‘tib sodir bo‘lar?— To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, hech qachon oldindan fikrlab, 5—6 yilni mo‘ljallab reja tuzadigan odam emasman. Vaqti kelsa, ertangi kunimni ham o‘ylamayman. Sog‘-salomat, yaxshilikda ertangi kunga yetkazsin, deb niyat qilaman, xolos. Ertangi kunimni o‘ylamayman deganim — Xudoga xush kelmaydigan rejalar tuzmayman, balki ertagacha yetib bora olmasman ham. Bu hammasi Xudoning ishi, nima bo‘lsa ham yaxshilik bo‘lsin. Yaratgandan shuni so‘rab qolaman.

    — Endi ijodinggizga qaytsak. “Oyqiz ertagi” filmi rejissori Akbar Bekturdiyevning so‘zlariga ko‘ra, siz o‘z rolingizni u o‘ylagan darajadan ham bir pog‘ona balandroq, maromidan ham oshirib ijro etib beribsiz. Ko‘plab rejissorlar bilan ishlagan professional aktyor sifatida Akbar Bekturdiyevning faoliyatiga qanday munosabat bildirasiz?— Akbar Bekturdiyev bilan hamkorligimiz juda samarali bo‘ldi. Bundan keyin ham ko‘plab filmlarda birga ishlash niyatimiz bor. Insonning tajribasi qanchalik boy bo‘lsa, ishlari ham shuncha yaxshi bo‘lib boraveradi. Akbar aka kelajagi porloq rejissor.

    Foto: “Oyqiz ertagi” filmidan lavhalar

    Foto: “Oyqiz ertagi” filmidan lavhalar

    — Adashmasam, “Oyqiz ertagi” filmida aynan sizning rolingizni o‘ynash uchun boshqa talabgorlar ham bo‘lgan. Filmning kasting jarayonlari haqida so‘zlab bersangiz.— Boshqa talabgorlar borasida bexabarman. Birinchidan, bu filmda o‘ynash xohishi bor edi-yu, lekin “o‘ynayman” deb qat’iy intilmaganman, rol uchun talashmaganman. Umuman olganda, shu vaqtgacha boshqa filmlarda ham biror rol uchun talashgan emasman. Buning hammasi taqdir. Kastingdan so‘ng Moskvaga ketgandim. Tasvirga olish ishlari boshlanganini eshitganimdan so‘ng, o‘rnimga boshqa aktyor topgan bo‘lishsa kerak, bu rol menga nasib qilmagan ekan, degan fikr xayolimdan ham o‘tgan. Moskvadan qaytganimdan so‘ng, s’yomkalar hali ham boshlanmaganligini bildim. Akbar aka: “Menimcha, bu filmda o‘ynash sizga nasib qilgan ekan”, deb rolni menga ishonib topshirdi. Kimdir menga ishonch bildirdimi, uning ishonchiga munosib bo‘lib, jonimni ayamasdan mehnat qilaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham menga bildirilgan ishonchni oqlayman. Filmda qo‘ldan kelgancha, imkon boricha harakat qildim, ammo xayolimda: “Rolni bundan ham yaxshiroq o‘ynasam bo‘lar edi”, degan o‘y o‘tmoqda.

    — Menimcha, gonorar ko‘p so‘raydigan aktyorlar toifasiga kirasiz...— Ha, rostdan ham ko‘p so‘rayman. Mehnatimga yarasha so‘rayman, chunki olgan pulimni har doim oqlaganman.

    — Ssenariy tanlashingiz, katta gonorar so‘rashingiz taklifning kam bo‘lishiga olib kelmaydimi?— Shunaqa tomoni ham bor, ha.

    —Aktyorga, mashhur insonga moddiy tomonni qoplash uchun yaxshigina mablag‘ kerak. Ko‘plarning e’tiborida bo‘lgani uchun yaxshi kiyinib yurishi lozim, ko‘pchilikning oldida ovqatlanmaydi, demak, qimmat restoranlarda ovqatlanadi, degan gaplar yuradi.—Menda unaqa odatlar yo‘q, xohlagan joyga kirib ovqatlanishim mumkin. Hurmatimni bashanglik, dabdaba, mol-dunyo bilan belgilanishini istamayman. Mol-dunyoning bari o‘tkinchi.

    — Sizga filmda o‘ynash uchun taklif bo‘lsa, birinchi navbatda nimaga qaraysiz?— Shu kungacha ham birinchi navbatda ssenariyga qaraganman, bundan keyin shunday bo‘ladi. Agar ssenariy yaxshi bo‘lmasa, men u filmda suratga tushmayman.

    — Tasavvur qiling, ssenariy yaxshi emas, ammo sizga 160 million so‘m gonorar taklif qilishdi. Unda nima qilasiz?— Menimcha, buncha pul taklif qiladigan odamning filmi ham yaxshi bo‘ladi, bunga rozi bo‘lar edim. Nima bo‘lgan taqdirda ham bizga xosiyatli, yaxshi rollar, saviyali, yuki bor ssenariylar uchrasin, deb niyat qilaman. Birinchi navbatda ssenariyga, undan so‘ng menga to‘lanadigan gonorariga qarayman. Shu aytganlarimdan ikkisi ham noma’qul bo‘lsa, men u film haqida o‘ylab ham ko‘rmayman.

    — O‘ylab o‘tirmasdan filmida suratga tushishni rad etadigan rejissorlaringiz bormi?— Tanimagan rejissorlarimni rad etishim mumkin. Shunda ham birdan rad etmayman — ular bilan suhbatlashaman. Agar suhbat jarayonida u meni nimagadir ishontira olsa, film ssenariysini o‘qib chiqib, rozilik bildirishim ham mumkin.

    Foto: “Oyqiz ertagi” filmini suratga olish jarayonidan lavha

    Foto: “Oyqiz ertagi” filmini suratga olish jarayonidan lavha

    — Qaysi o‘zbek rejissorlarining filmlarida suratga tushishni orzu qilasiz?— Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Sanjar Matkarimov, Mansur Vasati.

    — Kun kelib o‘zingiz ham rejissorlik qilishingiz mumkinmi?— Albatta, yaxshi rejissor aktyorlardan chiqadi, degan gap ham bor-ku. Kelajakda yaxshi rejissor bo‘lishga harakat qilamiz. Hali bunga ancha bor. Hozir esa o‘z ustimizda tinimsiz mehnat qilishimiz va o‘qishimiz kerak.

    — Qaysi o‘zbek aktyorlarini tan olasiz, ijodini hurmat qilasiz?— Murod Rajabov, Yodgor Sa’diyev, Muhammadiso Abdulxayirov, Karim Mirhodiyev.

    — Yosh, tengqur aktyorlardan-chi?— Institutda o‘qib yurgan vaqtlarim Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshevni yaxshi aktyor, ijodkor sifatida bilardik.

    — Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev ijodi haqida hozir fikringiz boshqachami?— Unday emas, talabalik vaqtingizda ularga muxlis darajasida, kamchiliklarini ham ko‘rmay baho berar ekansiz. Keyinchalik, tajriba oshib borgani sari, ijodkor nuqtai nazardan qaraganda, ularda ham kamchiliklar bo‘lishi ko‘rinar ekan. Bu ko‘rolmaslik yoki hasad emas, bor-yo‘g‘i professional nazar, ularning xatodek ko‘ringan harakatlaridan saboq chiqarishdir. Ular bizga ustoz darajasida, ming qilsak ham ularning o‘rnini ololmaymiz, chunki Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev san’atda, kino olamida o‘ziga xos o‘rin egallab bo‘lgan.

    — Qaysi aktrisalar, partnyorlar bilan ishlash oson?— Yulduz Rajabova, Asal Shodiyeva bilan yaxshi til topishib ishlaganmiz. Odatda partnyor tanlamayman. Muhimi, fikrimiz to‘g‘ri kelsa, men bog‘dan kelganimda, sherigim tog‘dan kelmasa bo‘ldi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    30.07.2016, 19:27   Izoh (0)   72257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “To‘ydan keyin faqat mening filmlarimda rol o‘ynaydi”. Aktrisa Shahzoda Muhamedova rejissor Azamat Ahrorovga turmushga chiqmoqda

    29.07.2016, 15:28

    Reyting: 2016-yilning birinchi yarim yilligidagi eng talabgir aktyorlar

    28.07.2016, 16:13

    Yulduz Usmonovaning ShHTga bag‘ishlab kuylagan qo‘shig‘i: nima bo‘ldi, qachon, qayerda?

    28.07.2016, 15:31

    Reyting: 2016-yilning birinchi yarim yilligidagi eng talabgir aktrisalar

    28.07.2016, 14:36

    Xonanda Shahzoda 37 yoshni qarshi oldi

    28.07.2016, 10:48

    “Yangi ovozlar” teletanlovi: uch kun davom etgan saralash, istalgan tilda kuylay oladigan yoshlar, hakamlarning ko‘z yoshlari

    27.07.2016, 19:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.