Turkiyaning Oydin viloyatida avtomobil sohilda dam olayotgan odamlarni bosib ketdi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bir kishi halok bo‘lgani, to‘rt kishi yaralangani bildirilmoqda.
Mashina haydovchisi 84 yoshli erkak bo‘lib, u boshqaruvni qo‘ldan boy bergan va buning natijasida mashina yo‘ldan chiqib ketib, odamlar ustiga yurgan.
Mashina butun plyajdan o‘tib, dengiz bo‘yida to‘xtagan. Haydovchi va uning yonida bo‘lgan rafiqasi ham jarohat olgan.
Izoh (0)