Turkiya hukumati harbiy to‘ntarish munosabati bilan 10 856 fuqaroning pasportlarini bekor qildi. Bu haqda, NTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
To‘ntarishda aloqadorlikda gumonlanib pasportlaridan mahrum qilinganlar qaysi kasb egalari ekanligi noma’lum. Eslatib o‘tamiz, to‘ntarish bilan bog‘liq ravishda harbiylar, jandarmeriya vakillari, davlat ishchilari, prokurorlar, sudyalar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar javobgarlikka tortilgan yoki nazorat ostiga olingan edi.
Izoh (0)