“Rossiya 1” telekanali operatori Andrey Nazarenko Moskva sharqida joylashgan xonadonidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 44 yoshli operatorning tanasida beshta o‘q izi bo‘lib, o‘qlardan biri uning boshiga tekkan. Nazarenko 19-iyul tunida halok bo‘lgani aniqlandi. Tanani 20-iyul kuni uning o‘g‘li topib oldi.
Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, operator 43 yoshda bo‘lib, uning tanasini rafiqasi topib olgan. Tanada oltita o‘q izi bo‘lgan. O‘qlardan biri Nazarenkoning peshonasiga, yana biri esa yuragiga tekkan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborildi. Jinoiy ish ochildi.
Izoh (0)