24-iyul kuni O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Bunyodkor” stadionida o‘tishi rejalashtirilgan o‘yin uchun iroqlik futbolchilar 18-iyul kuni Toshkentga yetib keldi.
“Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, Iroq termasi bosh murabbiyi Radxi Shenaishil 19 nafar futbolchini O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun olib kelgan.
Ayni vaqtda Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstriya yig‘inida bo‘lib turibdi. Avstriyaga tashrif buyurmagan va terma jamoa asosini tashkil qiladigan legioner futbolchilar esa o‘z jamoasi ixtiyorida.
Iroq terma jamoasi O‘zbekiston kabi Jahon Chempionatining 3-saralash bosqichiga yo‘llanma olgan. 1-sentabr kuni O‘zbekiston o‘z maydonida Suriyani qabul qilsa, shu kuni Iroq Avstraliya mehmoni bo‘ladi.
Izoh (0)