O‘zbek estradasi vakillari Surxondaryoning Denov tumanida boshlangan konsert dasturini 11–12-iyul kunlari viloyatning Sariosiyo hamda Sho‘rchi tumanlarida davom ettirdi. Milliy va zamonaviy estrada yo‘nalishida ijod qilayotgan xonandalar konsertiga 5000 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga Madaniyat va sport ishlari vazirligi Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Markaz tomonidan tashkil etilgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan konsert dasturi 13-iyul kuni “Surxon” sport majmuasida, 14–15-iyul sanalarida esa Muzrabot, Sherobod tumanlarida davom etib, 16-iyul kuni Qiziriq tumani markaziy o‘yingohida o‘z yakuniga yetadi.
Ilgariroq shu kabi tadbirlar Andijon viloyatida ham o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)