Bangkoklik fotosuratchi va sayohatchi Kiu Ui Lun o‘z Facebook sahifasida 2011-yilda AESda yuz bergan avariyadan so‘ng aholisining barchasi evakuatsiya qilingan Fukusima hududiga qanday kirgani haqida gapirib berdi, deb yozadi TJournal. U rasmiy ruxsatnoma olish uchun uch—to‘rt hafta kutishni istamadi va yopiq hududga o‘rmon orqali kirib oldi.
“Qizil hudud”ga kirganidan, Lun, o‘zining aytishicha, ko‘zlari achishganini va kuchli kimyoviy hidni sezgan. Ushbu hududda radiatsiya darajasi hamon juda yuqori.
Shuningdek, sayohatchi shaharni hech kim o‘marib ketmaganidan hayratlandi (Chernobildan farqli o‘laroq). U shoshilinchda odamlar qoldirib ketgan yegulik, pul, tilla, noutbuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni topishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)