Yevro—2016 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan keyin Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy “Sports.ru” bosh muharriri Yuriy Dudning savollariga javob qaytardi.
Jurnalist mutaxassisning 20-iyundan 21-iyunga o‘tar kechasini qanday o‘tkazganiga qiziqib ko‘rganida Slutskiy shunday javob qaytardi: “O‘sha kecha xonamga bir nechta futbolchilar keldi va biz uzoq suhbatlashdik”.
Shundan so‘ng Yuriy Dud xonaga kirgan futbolchilar faqatgina “SSKA” a’zolari yoki yo‘qligi borasida savol berdi: — “Boshqalar ham bor edi. Ularning barchasi o‘z darajasi past ekanligini tan oldi. Biz hammamiz jo‘r bo‘lib, hammamiz ahlatmiz deya oldik. Haqiqatni tan olish kerak”, — dedi Leonid Slutskiy.
Rossiya terma jamoasi Yevro—2016 “C” guruhini 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunladi va o‘tkazilgan 3 ta o‘yinda 6 ta gol o‘tkazib yubordi.