Bir muddat ilgari aktyor Yigitali Mamajonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida xonanda, sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon bilan nima sababdan ajrashganiga to‘xtalib o‘tgan edi. Xususan, u oilada erkak kishi bosh bo‘lishi lozimligini, buyuk erkakning ortida ayyor emas, balki oqila ayol turishini ta’kidlab o‘tgan edi.
Yigitalining bu fikrlariga Rayhonning munosabatini bilish uchun “Diydor aziz” nashri uning ma’muri Sherbekka murojaat qildi. U Rayhon anchadan beri ayni savol bilan murojaat qilayotgan jurnalistlarga javob bermayotganini aytdi.
Shuningdek, Rayhon Yigitali aytgan “mayda-chuyda gaplardan yuqorida” ekanligini, u “bunchalik pastkashlikka” bormasligini ma’lum qildi.
“Rayhon oila sirlarini ko‘chaga olib chiqishni xohlamaydi”, — dedi Rayhonning ma’muri.
Izoh (0)