Kuni kecha Ulug‘bek Rahmatullayev avtohalokatga uchraganini bildirgan ayrim Telegram kanallari endi aktrisa Shahzoda Muhammedova haqida mish-mishlar tarqatmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
Telegram kanallari orqali tarqalgan xabarlarda shunday deyiladi “Dahshat! Shahzoda Dubayda nima ish qilib qo‘ydi, hayron qolishingiz aniq!”
Bundan xabar topgan aktrisa o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bunday safsatani tarqatayotganlarga murojaatini yozib qoldirdi:
“Pul topish maqsadida Telegram’da turli yolg‘on manbalar, fotoshoplar tarqalyapti. Qiziqib, ichiga kirilsa pul yechiladi har bir telefondan. Iltimos, san’atkorning yuzidan foydalanib pul topmanglar. Dubaymish, Toshkentdaman-ku? Ozgina Xudodan qo‘rqinglar! Qiz bolaning nomini bulg‘ash yaxshimas. Kuni kecha xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevni halokatda o‘ldi degan mish-mishni chiqaruvdinglar. Ozgina vijdon yetishmayapti ayrim noinsoflarda”.
Izoh (0)