Yilning iPhone’da olingan eng yaxshi fotosuratlari e’lon qilindi (foto)
iPhone Photography Awards (IPPA) tanlovi hay’ati g‘oliblarni e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Tanlovda iPhone’ning turli modellari orqali olingan fotosuratlar ishtirok etdi.
Tanlovdagi yagona cheklov suratga olish vositasi sifatida iPhone’dan foydalanish bo‘ldi, qo‘shimcha optikani qo‘llash esa taqiqlanmadi. Fotosuratlarga mobil redaktorlarda ishlov berishga ruxsat etildi, ammo Photoshop yoki Lightroom kabi professional paketlarda ularni tahrirlash taqiqlandi.
IPPA 2016 g‘olibi Syuan Nyuning “Erkak va burgut” fotosi bo‘ldi, Nyu, shuningdek, “Yil fotosuratchisi” nomini ham qo‘lga kiritdi. Tanlovda 139 mamlakat vakillarining bir necha minglab suratlari qatnashdi.
Izoh (0)