Iroqda Bag‘doddan shimolda joylashgan shialar maqbarasiga hujum uyushtirilishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, terakt oqibatida jabrlanganlar soni 60 kishidan oshganligi ta’kidlanmoqda.
Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)