Hindistonning Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi iyun oxirida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tayyor dori preparatlarini ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
EIIZ saytida aytilishicha, bo‘lajak zavod poydevoriga birinchi g‘ishtni qo‘yish marosimida Bravo Pharmaceuticals rahbarlari ishtirok etdi.
Loyiha qiymati 2,6 million AQSh dollariga baholanmoqda. Yil oxirigacha qurib bitkazilishi kerak bo‘lgan zavodda 100 kishi uchun ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Bravo Pharmaceuticals O‘zbekistonda o‘z sho‘ba korxonasiga ega, u Bravo Pharma deb nomlanadi.
Izoh (0)