Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Koronado shahrida (Kaliforniya shtati) harbiy instruktor AQSh Harbiy-dengiz kuchlari maxsus topshiriqli bo‘linmasida tayyorgarlik o‘tayotgan 21 yoshli kursantni basseynda cho‘ktirib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Florida shtatidan kelgan Jeyms Derek Lavleys 6-may kuni halok bo‘lgan. U mashg‘ulot davomida boshqa kursantlar kabi harbiy kiyim, botinka va sho‘ng‘ish uchun niqobda basseynda suzayotgan edi. Suzish mashg‘ulotini birinchi hafta o‘tayotgan, Harbiy-dengiz kuchlari safiga esa yarim yilcha avval qo‘shilgan yosh yigit qiyinchilik bilan suzgan. Instruktorlardan biri uning boshini bir necha marta suvga tiqib, yana besh daqiqa davomida uning yuziga suv purkagan.

Lavleys suv yutib yuborib, hushini yo‘qotgan va shifoxonada halok bo‘lgan. Okrug koroneri yigit o‘limini cho‘ktirish oqibatida yuzaga kelganligini qayd etgan. Bunga undagi yurak-qon tomir xastaligi ham sabab bo‘lgan. Kursant, shuningdek, astmadan aziyat chekkanligi va yaxshi suza olmaganligi ta’kidlanmoqda.

Instruktor qasddan o‘ldirishda ayblanayotganligi masalasiga hozircha aniqlik kiritilmadi. U vaqtinchalik mashg‘ulotlardan chetlatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“AQSHning O‘zbekistonda harbiy bazasi yo‘q va kelgusida ham bu yerda harbiy baza yaratish bo‘yicha reja yo‘q” — elchi Jonatan Xenik
Dunyo
“Haqiqiy ekotsid!” — Zelenskiy Kaxovka GESi portlatilganiga munosabat bildirdi (video)
Mahalliy
“Biz AQSH e’lon qilgan sanksiyalar O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va sohalariga zarar yetkazmasligi uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz” — elchi