Yevro—2016 nimchorak finalida Islandiyadan mag‘lubiyat qabul qilib olinishi bilan iste’foga chiqqan Angliya termasi ustozi Roy Xojson xayrlashuv matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Men bu yerda nima qilayotganimga tushunmayapman. Menimcha kecha yetarlicha gapirgandim. Mag‘lubiyatni hazm qila olmayotgan jurnalistlar va muxlislar uchun shu narsa kerak ekanligini aytishgani uchungina keldim”.“Albatta, hafsalam pir bo‘lgan. Bunday yomon o‘yin uchun qandaydir fikr ham bildirib bo‘lmaydi ham. Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin haligacha o‘zimga kelolganim yo‘q. O‘sha tun ko‘pchilik uchun juda qiyin bo‘ldi”, — dedi Roy Xojson xayrlashuv anjumanida.
Islandiyaga qarshi bellashuvdan keyin Angliya Futbol Assotsiatsiyasi Roy Xojsonning iste’fosini qabul qilgandi. Xayrlashar chog‘ida mutaxassis “Men tanqidlarni o‘zimga qabul qilaman va futbolchilarni hafa qilmasligingizni so‘rayman”, — deb fikrini yakunladi.
Angliya uchun muvaffaqiyatsiz yakun topgan Islandiyaga qarshi o‘yindan keyin terma jamoaning yetakchi futbolchilari “Manchester Siti” vakili Rahim Sterlingning boshlang‘ich tarkibda ko‘rinish berishiga qarshi bo‘lganliklari haqida gap tarqalgandi.
“Agar futbolchilar bundan norozi bo‘lsalar, fikrlarini qattiq sir saqlashibdi”, — deb masalaga izoh berdi Xojson. Bellashuvdan keyin yechinish xonasida nimalar ro‘y bergani haqida esa murabbiy to‘xtalishni istamadi. U bunday jihatlarni hamma bilishi kerak deb o‘ylamasligini aytib o‘tdi.
21 yoshli Sterlingning boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishini istamagan yetakchilar borligi haqida chiqish qilgan Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi bu lofdan boshqa narsa emasligini qayd etgan.
Angliya va Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevropa Chempionati 1/8 final uchrashuvidan keyin The Times nashri barcha futbolchilarni “0” bahoga loyiq ko‘rdi va ular yo‘l qo‘ygan xatolarni sanab chiqdi.All England players receive 0 from the Times. pic.twitter.com/ZyRpy2eUdS
— Richard🇺🇦Godwin (@richardjgodwin) June 28, 2016
Ayni vaqtda Shotlandiyaning “Reynjers” klubi sharafini himoya qilayotgan mashhur angliyalik futbolchi Joi Barton o‘zining Twitter sahifasida quyida fikrlarni yozib qo‘ydi:
“Britaniyalik murabbiylarni Angliya termasi uchun nomzodlar qatorida xatto ko‘rib chiqmaslik kerak. Bu yerda ishlash ular uchun qabr azobidek gap. Karlo Anchelotti yoki Joze Mourinyo ideal variantlardan biri bo‘lardi”.