Gollandiyalik futbol mutaxassisi, Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddink ushbu mamlakat termasiga yordam berish uchun tayyor ekanini bildirdi. Bu haq NOS nashri xabar bermoqda.
“Agar Rossiya termasiga yordam bera olsam, bu ishni qilaman. Rossiya ham sport, ham imij nuqtai nazaridan qiyin ahvolda qoldi. Ayni damda sport mamlakatni qiyin ahvoldan chiqara oladi”, – dedi Xiddink.
Rossiya terma jamoasi Yevro–2016 turniri guruh bosqichida omadsiz ishtirok etib, so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqa bilan xayrlashdi. Shundan so‘ng, Rossiya futbol uyushmasi 2015-yilning avgust oyidan buyon terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Leonid Slutskiyning o‘rniga yangi nomzod izlashni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Gus Xiddink 2006–2010-yillar davomida Rossiya termasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)