2016-yilgi Yevropa Chempionatida “A” guruhi o‘yinlariga yakun yasaldi. So‘nggi turda Shveysariya bilan golsiz durang o‘ynagan Fransiya terma jamoasi uni peshqadam sifatida yakunladi.
3-tur oldidan mezbonlarni durang natija ham qanoatlantirardi. Shuningdek, 1 ochko Shveysariya termasini ham nimchorak final ishtirokchisiga aylantirardi. Yakunda shunday bo‘lib chiqdi ham.
3 ta o‘yinda 7 ochko jamg‘argan Fransiya va 5 ochko to‘plagan Shveysariya mag‘lubiyatsiz seriyani plef-off bosqichida ham davom ettirishga harakat qiladi.
Dastlabki ikki turda ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo‘lgan Ruminiya terma jamoasi “A” guruhining so‘nggi turida Albaniyaga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Armando Sadiku tomonidan kiritilgan gol Albaniyaga 3-o‘rinni taqdim etdi.
24 ta terma jamoa ishtirok etayotgan Yevro—2016 da guruhlarda 3-pog‘onani egallagan 4 ta jamoada ham pley-offda o‘ynash imkoniyati bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Yevropa Chempionatida 1 dona gol urgan Albaniya qolgan guruhlar natijasini kutib turadi.
Ruminiya terma jamoasi esa Yevropa Chempionati bilan birinchilardan bo‘lib xayrlashdi.
[wpse_match id="351457" show_title=1]
[wpse_match id="351458" show_title=1]
Izoh (0)