Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tesla Motors kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ilon Mask Tesla Model S avtomobili Qozog‘istonning Olmaota shahrida suv bilan to‘lgan tunneldan kechib o‘tayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi, deb yozadi KNews.

Foto: KNews

Foto: KNews

“Biz buni tavsiya etmaymiz, ammo Model S vaqtinchalik qayiqqa aylanish uchun yetarlicha yaxshi suzmoqda. Harakat aylanib turgan g‘ildiraklar yordamida ta’minlanmoqda”, — deb yozdi Ilon Mask.

Izohlardan birida u dvigatel va batareyalar germetik ekanligini ta’kidladi.

17-iyun, juma kuni Olmaotadagi suv toshqini vaqtida Tesla Model S haydovchisi ushbu elektromobilda toshqin ostida qolgan tunnelda suvdan kechib o‘tayotgani aks etgan videoni haydovchining do‘sti YouTube’ga joylagan. Kadrlarda suv avtomobilning yon oynalarigacha ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
Mahalliy
“Vazirlikdagilarning 30 mln so‘m oyligi bir kun ham kechikmaydi, biz esa 3 millionga yetmagan pulimizni oylab kutamiz”. Energetikaning ayrim xodimlari “o‘gay”mi?
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times