O‘zMTRK “O‘zbekiston”, “Yoshlar” va “Toshkent” telekanallarida 16-iyun, payshanba kuni Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy faoliyati haqida ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi. Bu haqda telekanallarda e’lon qilindi.

Ahmadboy Tursunboyev. Foto: “Daryo”, Kadr: “Toshkent” telekanali

Ahmadjon Tursunboyev. Foto: “Daryo”, Kadr: “Toshkent” telekanali

Xabar berishlaricha, 19:30 da “Yoshlar” telekanalida, 20:00 da “O‘zbekiston” telekanalida, 20:15 va 22:15 da “Toshkent” telekanalida Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy faoliyati haqida ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuvlarning dastlabkisi 16-iyun, payshanba kuni soat 18:15 da “Toshkent” telekanali orqali efirga uzatildi. Unda ma’lum qilinishicha, Ahmadjon Tursunboyev ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan aholidan ko‘p miqdorda naqd milliy va xorijiy valyuta olgan, avtomobillar va qimmatbaho buyumlarni qonunga zid ravishda qabul qilib olgan.