Fransiya mezbonlik qilayotgan Yevro—2016 ning “A” guruhida 2-turning birinchi uchrashuvi yakunlandi. Ruminiya va Shveysariya termalari o‘rtasida kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan tugadi.
Uchrashuvning 17-daqiqasiga kelib rossiyalik referi Sergey Korosyov shveysariyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Bogdan Stanku aniq amalga oshirib, Ruminiyani hisobda oldinga olib chiqdi.
Qayd etish kerak, Bogdan Stanku 1-tur doirasida Fransiyaga qarshi kechgan bellashuvda ham aynan penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Shu tariqa u 2 ta gol bilan to‘purarlar poygasida yana 1-o‘ringa chiqib oldi.
Bellashuvda hisobni tenglashtiruvchi gol 57-daqiqada Admir Mehmedi tomonidan kiritildi. Germaniyaning “Bayer” klubi sharafini himoyachi qiluvchi futbolchi kuchli zarbasi bilan ruminiyalik posbonga imkoniyat qoldirmadi.
2-turdan keyin Shveysariya termasi 4 ochko bilan guruhda 1-o‘ringa ko‘tarildi. Ruminiya esa 1 ochkosi bilan guruhdan chiqish imkoniyatlarini nazariy jihatdan saqlab qoldi.
[wpse_match id="351437" show_title=1]
Izoh (0)