Yevro—2016 musobaqasida 2-tur bellashuvlari 15-iyundan e’tiboran start oldi. Uni “B” guruhida kurash olib borayotgan Rossiya va Slovakiya terma jamoalari boshlab berdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Qatar Yulduzlar Ligasida to‘p surayotgan Vladimir Vayss aniq zarbasi bilan Slovakiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Vayss ikki nafar rossiyalik himoyachini aldab gol urishi uchun Marek Hamshik uni uzoq masofadan to‘p bilan ta’minladi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida Marek Hamshikning o‘zi Igor Akinfeyev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashgan futbolchi darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi.
Rossiya terma jamoasi a’zolari 80-daqiqaga kelib hisobni 1 taga qisqartirdi. Denis Glushakov tomonidan urilgan gol o‘yindagi so‘nggisi bo‘ldi.
Mazkur g‘alabasidan keyin Slovakiya terma jamoasi ochkolari sonini 3 taga yetkazib, “B” guruhida Uelsdan keyin 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda borayotgan Rossiya termasi esa guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.
[wpse_match id="351161" show_title=1]
Izoh (0)