Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya o‘zining hududiy suvlariga Xitoy va Rossiya harbiy kemalari yaqinlashganini qayd etdi. Tokio hozir bundagi ehtimoliy bog‘liqlikni o‘rganmoqda, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: EPA

Foto: EPA

9-iyun, payshanbaga o‘tar kechasi Xitoy harbiy-dengiz floti fregati Sharqiy Xitoy dengizidagi Yaponiya o‘ziniki hisoblaydigan Senkaku orolidan (Xitoy ham bu orolga da’vo qilib keladi) 38 kilometr uzoqlikda suzib o‘tdi. Deyarli shu paytda orol yaqinida Rossiya harbiy-dengiz flotining uch kemasi ham paydo bo‘ldi.

Yaponiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Akitaka Sayki 9-iyun, payshanba kuni Xitoyning mamlakatdagi elchisini chaqirdi va sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan jiddiy tashvish bildirdi. Yaponiya hukumati Rossiya va Xitoy kemalari harakatlari o‘zaro kelishilganligini aniqlash uchun mazkur holatni o‘rganishga kirishdi.

Xitoy mudofaa vazirligi o‘z kemalari harakatini “qonuniy” deb topdi. Rossiya rasmiylari esa hodisaga hozircha izoh bermagan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi