“Haqqoniy tarmog‘i” boshliqlaridan biri Sirojiddin Hadamiy 9-iyun, payshanba kuni ertalab Afg‘onistonning Paktiya viloyatida Amerika uchuvchisiz uchar qurilmasi zarbasi orqali yo‘q qilindi, deb yozadi “TASS” Pokistonning “Doon” gazetasiga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Hadamiy front ortida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni sotib olib, ta’minlash bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, u afg‘on toliblarining strategik muhim qarorlar chiqarib, afg‘on qarshiligi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi bosh maslahat organi tarkibiga kirgan.
Izoh (0)