LeakedSource portali xakerlar Twitter’dagi akkauntlarga tegishli 33 million parolni o‘g‘irlaganliklarini bildirdi. 15 ta tasodifiy akkaunt bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, xakerlar qo‘lga kiritgan bazadagi barcha parollar haqqoniydir, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Portal manbalarining uqtirishicha, parollar ijtimoiy tarmoq xavfsizlik to‘siqlarini buzib kirish yo‘li bilan qo‘lga kiritilmagan — akkauntlar haqidagi axborot zararli dasturiy ta’minot yordamida to‘plangani ehtimoli katta. Bunday dastur brauzerlardan barcha axborotni to‘plab, xakerlarga yo‘llashi mumkin.
Bazadagi parollar shifrlanmagan shaklda taqdim etilgan, vaholanki, servis 2014-yildan ularni shifrlab saqlay boshlagan edi.
Akkauntlarga bog‘liq elektron manzillarning aksariyat qismi Rossiya servislariga tegishli ekanligi ta’kidlanmoqda. Bu ma’lumot o‘g‘irlovchi zararli dasturiy ta’minot Rossiyada tarqatilganidan dalolat beradi.
Izoh (0)