O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 yo‘lidagi raqiblaridan Eron va Xitoy terma jamoalari 7-iyun kuni navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.
Tehrondagi “Ozodi” stadionida Qirg‘iziston terma jamoasini qabul qilgan Eron 6:0 hisobida zafar quchdi. Gretsiyaning “Panionios” klubi sharafini himoya qilayotgan Karim Ansarifard uchrashuvda dubl qayd etgan bo‘lsa, Ma’sud Shojaiy, Mehdi Taremiy, Tehdi Torabiy va Sardor Azmun kabi futbolchilar bir martadan muvaffaqiyat qozondi.FIFA reytingida Osiyo qit’asining eng yaxshi terma jamoasi bo‘lib turgan Eron bundan avvalgi o‘rtoqlik o‘yinida Makedoniyani safarda 3:1 hisobi bilan mag‘lub etgandi.
JCh—2018 3-saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Xitoy o‘z maydonida Qozog‘iston terma jamoasini qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qozog‘istonlik futbolchilar 82-daqiqaga kelib maydonda bir kishi kam qolgan bo‘lsa-da, g‘alabani ushlab qola oldi.
Xitoy terma jamoasi bunga qadar Trinidad va Tobago termasi ustidan 4:2 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari 7-iyun, seshanba
Izoh (0)