Joriy yilning 2-iyun kuni “O‘zneftmahsulot” AK tasarrufidagi “Kuchlik neft bazasi” unitar korxonasi rahbariyatining tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan “Do‘stbekov” nomli fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasida seminar o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyat matbuot markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur seminarda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun unitar korxona tomonidan yonilg‘i-moylash materiallarini yonilg‘ikash avtomashinalari bilan bevosita dala maydoniga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish hamda fermer xo‘jaliklariga qulaylik yaratish maqsadida viloyatlardan 20 ta yaroqsiz holga kelgan yonilg‘ikash avtomashina ta’mirlanib, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga shay holga keltirilgani ko‘rsatildi.
Hozirda unitar korxona 3 182 ta fermer xo‘jaligiga 48 ta FYoTSh xizmat ko‘rsatib kelmoqda, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga 2015-yilda 68 ta yonilg‘ikash avtomashina ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 82 tani tashkil etmoqda.
Tadbir yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqqan mutasaddi rahbarlar unitar korxona va uning fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchalarining mavsumga shaylik bo‘yicha amalga oshirgan ishlariga ijobiy baho berdi.
Izoh (0)