Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Telegram messenjerida Abualiibnspartak (Abu Ali ibn Spartak) ismli yigit nomiga berilgan O‘zbekiston fuqarosi pasporti surati tarqalib ketdi.

Suratda pasport egasining shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, Abualiibnspartak 1991-yilning avgust oyida Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. Fuqaro pasportni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani IIBdan olgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Ma’lumot uchun, “Abu Ali ibn” so‘zlaridan iborat eng mashhur ism Buxoro yaqinida Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan va G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan buyuk tib olimi — Abu Ali ibn Sinoga tegishli. Spartak esa Rim imperiyasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan eng mashhur qul-gladiator edi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbek oilalarida tug‘ilgan bolalarga Bryus Li, Chingachkuk, Messi, Maradona, Neymar, Devid Bekxem, Ronaldo, Jumong, Ishani, Roberto Badjo kabi mashhur kino va serial qahramonlari, sportchilarning ism-shariflari qo‘yilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)