Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida 2015-yil 10-avgust kuni tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘yildi. Bu haqda, chaqaloqning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratiga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

Qayd etish joiz, Ishani ayni paytda O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilayotgan, Hindistonda suratga olingan “Senga oshiqman” seriali bosh qahramonlaridan birining ismidir.

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbek oilalarida tug‘ilgan bolalarga Bryus Li, Chingachkuk, Messi, Maradona, Neymar, Devid Bekxem, Ronaldo, Jumong va boshqa mashhur kino hamda serial qahramonlari, futbolchilarning ism-shariflari qo‘yilgani haqida xabarlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?