AQSh prezidentlik lavozimi uchun rasman nomzodlar e’lon qilinadigan Respublikachilar va Demokratik partiyalarning milliy syezdlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun har bir partiya 60 million dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi. Bu haqda, AP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Respublikachilar partiyasining 18—21-iyul kunlari Klivlendda (Ogayo shtati) bo‘lib o‘tadigan milliy syezdi, tashkilotchilarning baholashicha, 64 million dollarga tushadi. Bu mablag‘dan 56 millioni allaqachon yig‘ilgan.
Demokratik partiyaning 25—28-iyul kunlari Filadelfiyada (Pensilvaniya shtati) bo‘lib o‘tadigan syezdi uchun taxminan 60 million dollar sarflanadi. Pensilvaniya gubernatori Ed Rendellning ma’lum qilishicha, syezdni o‘tkazish uchun tashkiliy qo‘mita yana 9 million dollarga yaqin mablag‘ to‘plashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp delegatlarning 1 239 ovozini to‘plab, partiya milliy syezdida Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentlik lavozimi uchun nomzodi ilgari surilishini oldindan kafolatladi.
Shu bilan bir paytda, Klinton Demokratik partiyaning Filadelfiyada 25—28-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan milliy syezdida nomzodi ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan 2 383 ovozni haligacha to‘play olmagan. Hozirda u 2 312 ta ovoz to‘plagan.
Izoh (0)