31-may kuni amerikalik aktrisa, “Kelajakka qaytib” filmi bosh qahramonining onasi rolini ijro etgan Lia Tompson 55 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan “Gazeta.ru” aktrisaning esda qolarli rollari aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Lia Tompson 1961-yilda tug‘ilgan. Bolaligi va o‘smirligida Amerika balet teatrida raqs tushgan, 20 yoshida esa kinodagi faoliyatini boshlagan.
Bir qancha filmlarda ikkinchi darajali rollarni ijro etgach, 1985-yilda Robert Zemekis tomonidan “Kelajakka qaytib” filmiga taklif qilingan.
Unda aktrisa bosh qahramon Marti Makflayning onasi — Lorreyn Beynsning rolini ijro etgan.
Shuningdek, trilogiyaning uchinchi qismida u bosh qahramonning 1885-yildagi ayol ajdodi Meggi Makflay obrazini jonlantirgan.
Aktrisaning hisobida 90 ga yaqin kino va televideniye ishlari bo‘lib, ularda Tompson asosan ikkinchi darajali obrazlarni gavdalantirgan.
Izoh (0)