“Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan “Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumi tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati press-relizida ma’lum qilingan.
Turkum 2 ta pochta markasi va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida XI—XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shaharlar me’moriy yodgorliklari — Beruniy tumanidagi (Qoraqalpog‘iston) Ayoz qal’a va va Qarshi shahridagi “Ko‘k gumbaz” jome’ masjidi, pochta blokida esa Buyuk Ipak yo‘li xaritasi va Buxoro arki tasvirlangan.
Pochta markalari 8 ming nusxadan, pochta bloki esa 5 ming nusxada chop etilgan.