Arab va kurd tuzilmalari Rakka shimolida 39 nafar IShID jangarisini yo‘q qildi
“Suriya demokratik kuchlari” tarkibiga kiruvchi arab va kurd tuzilmalari Rakka viloyati shimoliy tumanlarini ozod etish bo‘yicha operatsiya ko‘lamini kengaytirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ko‘ngillilar Ayn-Isa va Tell-Abyad shaharlari janubida hujumga o‘tgan va IShID jangarilaridan Nimrudiya, Xadriyat-al-Xalil, Al-Vusta, Kartaja va Al-Fatisa kabi o‘nta qishloq va fermani ozod qilgani bildirilmoqda. Janglarda terrorchilardan 39 nafari yo‘q qilingan.
Arab va kurd tuzilmalariga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari ko‘mak bermoqda. 24-maydan beri ular tomonidan IShID marralariga 150 aviazarba berildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.